McCartney
Sir James Paul McCartney (talaffuzi: Ser Jeyms Pol Makkartni, 1942-yil 18-iyunda tugʻilgan) — Grammy mukofotining koʻp marotaba sohibi boʻlgan ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqlar muallifi, bastakor, multi-instrumentalist, tadbirkor, prodyuser va hayvonlar huquqlarining faoli. U John Lennon, George Harrison va Ringo Starr bilan birgalikda The Beatles musiqiy guruhi tarkibida umumjahon shuhratga erishdi.
uz.wikipedia.org