McBurney nuqtasi




McBurney nuqtasi  — qorinning oʻng tomonida joylashgan boʻlib, oʻng yonbosh suyagi oldingi yuqorigi oʻsimtasidan kindikgacha boʻlgan masofaning uchdan bir qismidagi nuqtaga aytiladi.

Joylashuvi



McBurney nuqtasi oʻng yonbosh suyagining oldingi yuqori oʻsimtasidan kindikgacha boʻlgan masofaning uchdan bir qismida joylashgan boʻlib, bu nuqta, asosan koʻrichakning appendiks oʻsimtasi asosining joylashuviga toʻgʻri keladi.

Klinik ahamiyati




Appenditsit



McBurney simptomi sifatida tanilgan McBurney nuqtasidagi chuqur ogʻriqlar oʻtkir appenditsitning belgisidir. McBurney nuqtasiga nisbatan sezgirlikning oʻziga xos lokalizatsiyasi shuni koʻrsatadiki, yalligʻlanish endi ichak oʻsimtasi bilangina cheklanib qolmay, balki qorin pardaning appendiksga tegib turgan qavatida ham yalligʻlanish jarayonlari boshlanganidan dalolat beradi. McBurney nuqtasida sezilayotgan ogʻriqlar oʻtkir appenditsitning keyingi bosqichga oʻtayotgani va appendiksning yorilish ehtimoli tobora oshayotganini anglatadi. Qorin boʻshligʻidagi boshqa patologik jarayonlar ham baʼzida McBurney nuqtasida ogʻriq keltirib chiqarishi mumkin. Shunday qilib, bu belgi klinik tashxislashda muhim hisoblanadi, lekin oʻtkir appenditsit tashxisini qoʻyish uchun yetarli boʻla olmaydi. Appendiks oʻsimtasining joylashuvi oʻzgaruvchan (masalan, retrosekal appendiksda) boʻlgani uchun ham bu simptomni barcha appenditsit holatlarida qoʻllab boʻlmaydi. Koʻpgina ochiq appendektomiya amaliyotlarida (laparoskopik appendektomiyalardan farqli oʻlaroq) kesma McBurney nuqtasida amalga oshiriladi.

Psevdoanevrizma



Aortadagi psevdoanevrizma asosan jarrohlik yoʻli bilan davolanadi va bunda McBurney nuqtasi, pastki qovurgʻalararo boʻshliqlar orasida kesma qilinadi.

Peritoneal dializ



McBurney nuqtasi peritoneal dializ kateterini kiritish uchun eng qulay boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi.

Tarixi



Ushbu anatomik soha amerikalik jarroh Charles McBurney(1845-1913) sharafiga McBurney nuqtasi deb nomlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz