Mazurka





Mazurka (polyakcha mazur — Mazoviyada yashovchi soʻzidan) — polyak xalq raqsi. Surʼati tez, musiqa oʻlchovi 3/4 yoki 3/8; ritmikasi 2-, baʼzida 3- hissaga tushadigan urgu bilan ajralib turadi. Xalq M.lariga xos joʻshqinlik, dilkashlik va dovyuraklik (18-asr oxiridan) koʻpgina kompozitorlarga ilxrm baxsh etgan. Polshada — Yu. Elsner, K. Kurpinskiy, M. Oginskiy va boshqa; Germaniyala — G. Teleman va boshqa 19-asrda M. butun Yevropada bal raqsi sifatida mashqur boʻlgan, opera va balet sahnalariga kiritilgan (M. Glinka, P. Chaykovskiy va boshqalar). F. Shopen, A. Skryabin, K. Shimanovskiylarning fortepiano M.lari jahon musiqasining mumtoz asarlariga aylangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz