Mazluma Asqarova




Asqarova Mazluma (1924.4.11, Toshkent — 17-noyabr 2010-yil) – oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Filol. fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent ped. bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti (1944)ni tugatgan. Shu institut (hozirgi Toshkent ped. universiteti)da oʻqituvchi (1948– 52), dotsent (1957–63). Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1952–57; 1964-yildan). Ilmiy faoliyati hozirgi oʻzbek tilida ergashish formalari va ergashgan gaplarning tiplari mavzuiga bagʻishlangan. A. oʻrta maktablar uchun "Oʻzbek tili darsligi", oliy oʻquv yurtlari uchun "Hozirgi oʻzbek adabiy tili" darsligi (1-qism, 1980; 2-qism, 1986) mualliflaridan. 2010-yilning 17-avgustida 86 yoshida vafot etdi.

Asarlari




Mukofotlari



Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy Yorligʻi (1965, 1985), „Oʻzbekiston Xalq maorifi vazirligining Faxriy Yorligʻi“ (1972, 1974, 1975, 1984), Oʻzbekiston Xalq maorifi alochisi (1974), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1978), „Shuhrat“ (1994) medali, „Mustaqillik“ esdalik nishoni (1992), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ (1965).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz