Mazachcho




Mazachcho (Masaccio), asli Tommazo di Jovanni di Simone Kassai (Gvidi) (1401. 21.12, Toskana — 1428-yilning kuzi, Rim) — ital-yan rassomi, Florensiya maktabining yirik namoyandasi. M. ijodida gotika anʼanalarini qatʼiy yengib, diniy la-vhalarda inson shaxsi haqidagi insonparvarlik tushunchalarini aks ettirgan. 1422-yildan Florensiyada yashagan, Piza va Rimda ham ishlagan. Ilk asarlari ("Madonna avliyo Anna bilan", taxminan 1424; Pizadagi Santa-Mariya del Karmine cherkovi uchun poliptix, 1426 va boshqalar)dayoq harakatchan nursoya, umumlashma shaklning mahobatliligiga intilishi, shaklning uch oʻlchamliligini oʻta his qilishi bilan diqkatga sazovor (Florensiyadagi Santa-Mariya del Karmine cherkovidagi kapella bezaklari, 1425—28 va b). M. ilk bor devoriy rassomlikda kompozitsiyaga alohida ulugʻvorlik va mutanosiblik baxsh etuvchi yangi tuzilma yaratdi ("Troitsa", 1425—27, Florensiyadagi Santa-Mariya Novella cherkovi va b). M. sanʼati Uygʻonish davri badiiy madaniyati (jumladan, Pyero della Francheska, Mikelanjelo va boshqalar)ga sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz