Mayu Matsumoto




Mayu Matsumoto (yaponcha: 松本 麻佑, Matsumoto Mayu, 1995-yil 7-avgustda tugʻilgan) — yaponiyalik badminton oʻyinchisi. Mayu Xokkaydoda tugʻilgan va Shiritsu Towanomorisanai oʻrta maktabini tamomlagan. U Hokuto Bank jamoasining bir qismi sifatida faoliyatini olib boradi. Matsumoto sherigi Wakana Nagahara bilan birga BWF tomonidan 2018-yilning „Eng yaxshi rivojlanayotgan oʻyinchisi“ sifatida taqdirlandi. Ular bu sharafga 2018-yilgi BWF jahon chempionatida gʻalaba qozonib, oʻz reytingini dunyoda 14-oʻrindan 3-oʻringa koʻtarganlaridan keyin sazovor boʻldilar. 2019-yilning 30-aprelida Matsumoto ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida birinchi oʻrinni egallab, karyerasining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi.

Faoliyati



2021-yil



Mart oyida Matsumoto va uning sherigi Wakana Nagahara finalda hamyurtlari, amaldagi chempion va dunyoning birinchi raqamli badmintonchilari Yuki Fukusima va Sayaka Xirotani magʻlub etib, Butun Angliya ochiq turnirida birinchi World Tour Super 1000 chempionligini qoʻlga kiritdilar. Mayu 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Nagahara bilan hamkorlikda uchinchi raqam ostida ishtirok etdi va chorak finalda uning tezligini janubiy koreyalik Kim So Yong va Kong Xi Yong toʻxtatdi.

Yutuqlari



BWF jahon chempionati



Ayollar juftligi

Osiyo chempionati



Ayollar juftligi

BWF World Tour (4 ta gʻalaba, 8 ta ikkinchi oʻrin)



2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tour World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalariga boʻlingan.

Ayollar juftligi

BWF Grand Prisi (1 ta gʻalaba, 5 ta ikkinchi oʻrin)



BWF Grand Prisi ikki darajaga ega edi: Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu Badminton Butunahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 va 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi.

Ayollar yakkaliklari

Ayollar juftligi

     BWF Grand Pri Oltin turnirlari
     BWF Grand Pri turnirlari

BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (2 ta gʻalaba)



Ayollar yakkaliklari

Ayollar juftligi

     BWF xalqaro musobaqalari turnirlari
     BWF xalqaro seriyalari turnirlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz