Maysajonning sarguzashtlari




„Maysajonning sarguzashtlari“ (ruscha: Приключения Травки) — rus yozuvchisi Sergey Rozanov qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1928-yil yozgan. Qissa muallif hayoti davomida 17 marta nashr qilingan. Asar asosida 1976-yil film suratga olingan.

Asarda katta shaharda adashib qoluvchi bolakay haqida hikoya qilinadi. Qissani oʻzbek tiliga Hakim Pirmuhamedov tarjima qilgan.

Syujet



Qissada bosh qahramon Maysajon Moskva shahrida ota-onasi bilan yashaydi. U hamma narsani bilishni xohlaydi. Qahramon qiziquvchanligi tufayli shaharda adashib qoladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

Qahramonlar




Oʻzbekcha tarjima



Asarni oʻzbek tiliga 1958-yil „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan ruscha nashridan Hakim Pirmuhamedov qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1974-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Siddiqov – muharrir, B. Chechenin – rassom, L. Miroyedova – rasmlar muharriri, L. Jixarskaya – texnik muharrir, M. Yunusova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz