Mayns




Mayns — Germaniyadagi shahar. Reyn daryosi boʻyida, Reynland-Pfals yerida. Aholisi 185,9 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni, dare porti. Transport mashinasozligining yirik markazi. Elektrotexnika, kimyo, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oyna, sement, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Reyn vinolari savdosi markazi. Universitet (1477), konservatoriya, Fan va adabiyot akademiyasi, milliy teatr, Gutenberg muzeyi va boshqa muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor, gotika cherkovi, kyurfyurstlar qasri va boshqa saqlangan. Shaharga miloddan avvalgi 1-asrda qad. rimliklarning Mogonsiakum lageri sifatida asos solingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz