MAYNOT (MINOT) JORJ RICHARDE



MAYNOT (MINOT) JORJ RICHARDE (1885-1950) — amerikalik patofiziolog va gematolog. Garvard universitetini tugatgan (1912), shu universitet professor (1928). Ilmiy ishlari har xil anemiyalarning kelib chiqishi va ularni davolashga oid. Pernisioz anemiyani davolashda “jigar parhez”ni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1934; U.P. Myorfi va J. Uipl bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz