Mayna Xasanova
Mayna Xasanova (1903—1943) — Qizil armiya safida jang qilgan birinchi oʻzbekistonlik ayol, razvedkachi, qizil armiya qoʻmondoni.
Asosan 1960—1980-yillarga oid manbalarda Zohida Xasanova, Zaynab Xismatova, Zaynet Xismatova nomlari bilan mashhur.
Tarjimai holi
1903-yilda Buxoro yoki G'uzor shahridagi Chaqar qishlog'ida tug'ilgan. Kambag'al oiladan bo'lib, erta yetim qolgan. Ovchi amakisining qo'lida tarbiyalangan.
Mayna erta turmushga chiqdi. Bekning o'ninchi xotini bo'ldi. Erining zo'ravonligiga dosh berolmay uni o'ldirdi va qochib ketdi.
15 yoshida o'sha paytda Buxoro amirligining inqilobiy harakati markazi boʻlgan Kogonda bordi. U yerda o'qish va yozishni o'rgangan, komsomolga qabul qilingan. Hujum harakati faoli.
1920-yilda u ixtiyoriy ravishda Qizil Armiya safiga qo'shildi. Bosmachilar bilan janglarda qatnashdi. Otliq qo'shinlar boʻlinmasining komandiri bo'ldi. Uning razvedkachi sifatidagi shuhrati Turkiston fronti qo'mondoni M.V.Frunzega qadar yetib bordi. Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangandek koʻrsatilgan. Lekin 1926-yilgacha mukofotlanganlar orasida Mayna Xasanova tilga olinmagan.
1921-yilda Qoraqum sahrolaridagi Junaydxon toʻdalariga qarshi janglarda, Samarqand bosmachilari bilan bo‘layotgan oshkora va pinhona kurashlarda Mayna Hasanova komandirlik qilgan razvedkachilar otryadi[4].
1922-yildag Mayna Xasanova bosmachilar tomonidan asirga olinib, qiynoqqa solingan va tog'ga tashlab ketilgan.
Maryam Yoqubova o‘z xotiralarida Mayna Xasanova bilan 20-yillarning o‘rtalarida universitetda o‘qiganini, 1928-yilda sogʻlig‘i keskin yomonlashib, kasalxonaga yotqizilganini aytadi.
Ensiklopediyada vafot etgan yili sifatida 1943-yil koʻrsatilgan.
Xotira
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org