Maylin Wende




Maylin Wende (talaffuzi: Maylin Vende; 1988-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan germaniyalik figurali uchuvchi. Turmush oʻrtogʻi va sportdagi jufti boʻlgan Daniel Wende bilan birga 2010 Trophée Eric Bompard musobaqasining bronza medali sovrindori, 2013 Nebelhorn Trophy turnirining kumush medali sovrindori va ikki karra Germaniya chempioni boʻlgan. Ular ikki marta Qishki Olimpiada oʻyinlarida (2010, 2014) qatnashgan, Yevropa chempionatida (2011, 2014) oltinchi oʻrindan joy olgan.

Faoliyati



Maylin Hausch 1992-yilda konkida uchishni boshlagan. U 2006-yilgacha yakka holda konkida uchib, 2004-yilda Germaniya oʻsmirlar va yangi konkida uchuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan milliy chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Daniel Wende bilan juftligi



Hausch 2008-yilning sentyabrida Daniel Vende bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Ular Oberstdorfda mashgʻulotlar olib borishardi va juftlikka Karel Fajfr murabbiylik qilgan.

2010 — 2011-yilgi mavsumda Hausch / Wende juftligi Gran-pri turnirining 2010 Trophee Erik Bompard bosqichida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2011 — 2012-yillarda bu juftlik 2011 Nebelhorn Trophy musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular 2011 Skate America musobaqasida sakkizinchi o‘rinni egallaganlar.2012-yilgi Yevropa chempionatida Hausch / Vende juftligi yettinchi oʻrindan joy olgan.

Hausch / Wende juftligning 2012 — 2013-yilgi mavsumdagi mashgʻulotlari ularning oilalaridagi vafotlar va kasalliklar tufayli kech boshlandi; Natijada, juftlik 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasini tark etishdi. Wende 2012-yilning kuzida umurtqa pog‘onasi ogʻrigʻidan azob chekdi. Juftlik 2013-yili oʻtkazilgan Germaniya chempionatini tark etishdi.

Shaxsiy hayoti



Hausch va Wende 2013-yil iyun oyida turmush qurishgan.

Dasturlari



Wende bilan

Natijalari




(Wende bilan)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz