Maykl Faradey




Maykl Faradey (inglizcha: Michael Faraday, 1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni taʼlimoti asoschisi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1824). Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi (1830). London Qirollik jamiyati institutida assistent (1913), laboratoriya direktori (1825), kimyo kafedrasining professor (1833—62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induksiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va boshqalarni kashf etgan. Elektr zaryadining saklanish qonunini eksperimental tasdiklagan (1843). Faradey gʻoyalari va uning ilmiy yutuklari fizika fanining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz