Mayk Shinoda




Mike Shinoda (talaffuzi:Mayk Shinoda) — Linkin Park guruhining aʼzosi.

Tarjimai holi



Mike yapon kelib chiqishiga ega amerikalik Leslie Shinoda oilasida dunyoga keladi. Onasi venger kelib chiqishli Kim Shinoda. Yoshligini Mike Los Anjelesning shaharchasi — Agurada oʻtkazadi. Kichik ukasi Jason bor (1979-y. t.)

Maktab davrlaridayoq u musiqa bilan shugʻullanishni boshlaydi: fortepiano va gitara chalishni oʻrganadi. Brad Delson bilan bir maktabda oʻqigan va ular birga Mikening honasida yaratilgan studiyada musiqa yozishar edi. Oʻrta maktabning ohirlariga kelib ularga barabanchi Rob Bourdon qoʻshiladi va uch yosh musiqachi Xero guruhini tashkil etishadi.

Maktabni tamomlaganidan soʻng Mike Tasviriy Sanʼatlar kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda grafik dizayn, illyustratsiyani oʻrganadi. Keyinchalik, bu Linkin Park va Fort Minor albomlarining muqovalari dizaynini ishlab chiqishga yordam beradi. Kollejda u Joseph Hahn bilan tanishadi, vaqt oʻtgach, u Bradning doʻsti baschi Dave "Phoenix" Farrell kabi guruhga di-jey sifatida qoʻshiladi.

Shaxsiy hayot



Mike Shinoda Anna (Hillinger) Shinoda bilan 2003-yil may oyida turmush qurgan. Hozirda u bolalar yozuvchisi. Where'd You Go qoʻshigʻi Shinodaning soʻzlariga qaraganda uning xotini Annaga bagʻishlangan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz