Mayjuda Abdurahmonova




Mayjuda (Mavjuda, Manjuda) Abdurahmonova  — sovet siyosatchisi, SSSR Oliy Kengashining 1-chaqiriq deputati (1938-1946-yillar).

Biografiyasi



1918-yilda Toshkent shahrida novvoy oilasida tugʻilgan. Oiladagi soʻnggi, oʻn birinchi farzand va voyaga yetgunga qadar omon qolgan yagona farzand edi. U ota-onasidan ayrilgan va homiylik ostidagi oilada tarbiyalangan. 11 yoshida maktabga boradi, beshta sinfni tugatadi, soʻng Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishida oʻquv-ishlab chiqarish kombinatini tamomlaydi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng kombinatning yigiruv fabrikasida ishlaydi. Tezda talabalikdan usta toʻquvchiga aylanadi, bir vaqtning oʻzida sakkizta dastgohda ishlaydi. Komsomolga qoʻshilgan, tashviqot va savodxonlik bilan shugʻullangan. 1937-yil iyun oyida yigiruv fabrikasida smena instruktori sifatida ishlay boshlaydi.

Toʻqimachilik fabrikasining rivojlanishida faol ishchilari — Manjuda Abdurahmonova, Zinaida Akisimoza, Saodat Rasulova va boshqalarning xizmatlari katta. Manjuda Abdurahmonova Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib paranji kiyishni toʻxtatgan. Uning paranjisiz surati 1937-yil dekabr oyida „Rabotnitsa“ jurnalida chop etilgan.

Oʻzbek sovet shoiri va publitsisti, Oʻzbekiston SSR xalq shoiri (1963-yil) Gʻafur Gʻulom unga „Mavjuda“ sheʼrini bagʻishlaydi, u yerda deputat ishchi oʻzbekning tarjimai holi mavzusini sheʼriy tarzda ochib beradi:

Toʻrt yetim, bir beva barimiz birdek,

Yoshligim esimda, gʻoza chuvirdik,

Kundalik zahmatdan tolmas edi yeng,

Eng ogʻir zamon, Mavjuda, juda.

Siyosiy faoliyati



1937-yil 12-dekabrda boʻlib oʻtgan saylovlar natijasida SSSR Oliy Kengashining I-chaqiriq Oʻzbekiston SSRdan Millatlar Kengashiga deputat etib saylangan.

SSSR Oliy Soveti deputatligiga nomzod qilib koʻrsatilishi munosabati bilan yozilgan „Mavjuda“ sheʼri quyidagi misralari bilan tugaydi:

Otalar tanlasa farzandga husn,

Taʼkidlar saylovda bu qatʼiy soʻzin,

Nomzod deb koʻtardi Vatan oʻz qizin,

Munosib bu chaqqon Mavjuda juda.

Adabiyot




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz