Maydan bayrami




Maydan (boshqirdcha: майҙан; forschadan — kvadrat) — anʼanaviy boshqird bayrami.

Tarixi



Maydan bayramining kelib chiqishi, qabila birlashmalarining xalq yigʻilishlarini oʻtkazishiga borib taqaladi.

Bayram odatda may oyining oxirida, ekish ishlaridan keyin, nishonlangan. Bayramda bir yoki bir nechta qoʻshni ovullarning aholisi ishtirok etgan. Bayram oʻrmondagi yalanglik yoki balandlikda oʻtkazilgan.

Bayram anʼanalari



Taklif etayotganlar, qoʻshni qishloqlar aholisiga, bayram kuni haqida xabar berishgan. Bayram boshlanishiga qadar oziq-ovqat sotib olish va mehmonlarni siylash uchun sovgʻalar va pullar yigʻilgan.

Bayram, diametri 50 m gacha boʻlgan aylana shaklidagi maydonchada oʻtkazilib, novdalar bilan oʻralgan va markaziga balandligi 10 metrgacha boʻlgan baland ustun (qolgʻa) oʻrnatilgan. Boshqirdistonning baʼzi hududlarida bayramona Maydonni bezash uchun toʻqilgan gilamlar, yoʻlkalar, dasturxonlar ishlatilgan. Mehmonlarni ziynatlangan odamlar kutib olishgan.

Har bir oila yaqin atrofga oʻtov yoki chayla qurganlar. Maydan atrofida keksalar va bolalar, ularning ortida erkaklar oʻtirishgan. Ayollar uchun alohida yorqin bezatilgan maydon ajratilgan.

Maydan, markaziy maydondan uzoqda, ot poygasi bilan boshlangan.

Kun davomida xalq oʻyinlari, kurash, yugurish, sakrash, kamondan oʻq otish, xalq raqslari, qoʻshiqlar ijro etish, kuray chalish, sesenlar musobaqalari oʻtkazilgan.

Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar (aygʻir ot, qoʻchqor, sharf, sochiq va boshqalar) bilan taqdirlanganlar.

Bayram bir kecha-kunduz davom etishi mumkin, toʻylar yoki yarmarkalar shu kunga toʻgʻirlangan.

Anʼanaga koʻra, mehmonlarga beshbarmoq, qozi, qimiz, bol (asaldan tayyorlanadigan mast qiluvchi ichimlik), boʻza tortilgan.

Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz