Mayami




Mayami (inglizcha: Miami) AQShdagi Florida shtatining janubi-sharqiy qismidagi shahardir. Atlantika okeani sohilida. Aholisi 442 241 kishi (2020) boʻlib, aholi soni boʻyicha Florida shtatida ikkinchi, AQShda esa 44-oʻrinda turadi. Dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatda eng yirik yuk aeroporti bor. Kruiz kemachiligi markazi. Yil davomida ishlab turadigan iqlim kurorti. Muhim savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, radioelektrotexnika, aviasozlik, poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari, tibbiyot jihozlari ishlab chiqariladi. Un-tlar, opera teatri, badiiy muzey, okeanarium, botanika bogʻi bor. Biscayne boʻgʻozidagi koʻpriklar orqali Mayami-Bich shaharchasi bilan bogʻlangan. Sohil boʻylab mehmonxona, sanatoriy, motellar joylashgan. Shaharga 1895-yilda asos solingan. Turizm rivojlangan (har yili 5 million chamasida turist kelib-ketadi).

Manbalar




Oʻqish uchun




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz