May (tuman) Pavlodar viloyati
May tumani — Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan. 1939-yili tashkil topgan. Tuman maydoni 18,1 ming km. Tumanning maʼmuriy markazi — Koʻktepa qishlogʻi
Geografiyasi
Janubiy-sharqida Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, janubiy-gʻarbida — Qaragʻandi viloyati bilan, gʻarbida — Bayanavul tumani va Aqsu shahrining qishloq hududlari bilan chegaradosh, shimolida Lebyaji tumani bilan Irtish daryosi ajratib turadi.
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 15º-17 °C., iyulniki — +20º+22 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 200–250 mm-ni tashkil qiladi.
Aholisi
Tuman aholisi 1999-yili 16,9 ming kishini, 2012-yili esa — 11,974 ming kishini tashkil qildi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
Hududiy boʻlinishi
Tuman tarkibida 11 ta qishloq bor: Koʻktoʻbe, Aqjar, Aqshima, Baskoʻl, Kentubek, Qazan, Qaraterek, May, Maytubek, Malaysari, Sati.
Ijtimoiy soha
Taʼlim
Tumanda 7 ta maktabgacha boʻlgan maskanlari, 14 ta oʻrta umumiy bilim beruvchi mahkamalar va 1 ta kasb-hunar maktab faoliyat yuritmoqda.
Tibbiyot
Tumanda May markaziy tuman kasalxonasi bor.
Taniqli shaxslar
Manbalar
uz.wikipedia.org