May McAvoy




May Irene McAvoy   (talaffuzi: „May Irene McAvoy“, 1899-yil 8-sentabr – 1984-yil 26-aprel) amerikalik aktrisa boʻlib, asosan ovozsiz kino davrida ishlagan. Uning asosiy rollaridan baʼzilari „The Enchanted Cottage" filmidagi Laura Pennington, Ben-Hurdagi Ester va „The Jazz Singer" filmidagi Mary Daledir.

Hayoti va karyerasi



May Irene MckAvoy 1899-yil 8-sentabrda Nyu-York shahrida Julia Agnes MckAvoy (qizalik ismi Reilly) va James Patrick MckAvoy oilasida tug‘ilgan, ularning ikkalasi ham birinchi avlod amerikalik edi. 1910-yilgi aholini roʻyxatga olishda u Nyu-Jersi shtatining Sasseks shahrida onasi va buvisi bilan yashagan. 

MckAvoy 1917-yilda „Hate" filmida qoʻshimcha rolda debyut qilgan. Oʻndan ortiq filmlarda suratga tushganidan soʻng, u Ramon Novarro va Francis X. Bushman bilan birga rejissyor Fred Nibloning 1925-yilda MGM tomonidan suratga olingan Ben-Hur filmida rol oʻynadi. U Ernst Lubitshning „Lady Windermereʼs Fan" (1925) filmida Windermer xonim obrazini ham ijro etgan.

„The Jazz Singer" filmida rol oʻynashdan tashqari, McAvoy Al Jolsonga filmda murabbiylik qilgan. Uning ovozi „The Jazz Singer" filmida eshitilmagan boʻlsa-da, u boshqa bir qancha filmlarda, jumladan, Warner Brothers tomonidan suratga olinga ikkinchi ovozli filmda, Roy Del Ruth rejissyori va Conrad Nagel ishtirokidagi "Terror" filmida ovozli rol ijro etdi.

Shaxsiy hayoti



MckAvoy 1929-yil 26-iyunda bankir Maurice Clearyga turmushga chiqdi , undan Patrick ismli oʻgʻil koʻrdi va 1940-yilda ajrashishdi. 1971-yil 10-dekabrda ular yana turmush qurishdi. U roʻyxatdan oʻtgan respublikachi edi. McAvoy umr boʻyi Rim-katolik boʻlgan.

Oʻlimi



1984-yil 26-aprelda MckAvoy 84 yoshida bir yil oldingi yurak xuruji oqibatlaridan vafot etdi. U Kaliforniyaning Kalver-Siti shahridagi Muqaddas Xoch qabristoniga dafn etilgan.

Kino sanoatiga qoʻshgan hissasi uchun May McAvoy 1731 Vine koʻchasidagi Gollivud shon-shuhrat xiyobonida yulduzga ega.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz