Maximiliano Meza




Maximiliano Eduardo Meza (talaffuzi: Maximiliano Eduardo Mesa; 1992-yil 15-yanvarda Argentinada tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Monterey“ futbol klubi va Argentina terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2018- yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati




Maximiliano Meza „Gimnasia“ futbol klubi bitiruvchisi. 10-dekabr kuni „Deportivo Merlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u debyut qilgan. Mavsum oxirida Maximiliano Meza klubning elitaga chiqishiga yordam bergan. 2013-yil 4-avgustda „River Plate“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan. 8-oktyabr kuni „Vélez Sarsfield“ futbol klubiga qarshi bahsda Maximiliano Meza „Gimnasia“ futbol klubi safida birinchi golini kiritgan.

2016-yilning yozida Maximiliano Meza „Independiente“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 2,7 million yevroni tashkil qilgan. 25-sentyabr kuni „Tigre“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Maximiliano Meza yangi klub safida debyut qilgan. 11-dekabr kuni „Colón“ futbol klubiga qarshi bahsda Maximiliano Meza „Independiente“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2017-yilda u Chilining „Deportes Iquique“ futbol klubi, Paragvayning „Nacional“ futbol klubi va Braziliyaning „Flamengo“ futbol klublariga gol urib, oʻz jamoasiga Sudamerikana kubogini qoʻlga kiritishida yordam bergan.

Xalqaro faoliyati



2018-yilning 27-mart kuni Maximiliano Meza Argentina terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

2018-yilda Maximiliano Meza Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Maximiliano Meza Islandiya, Xorvatiya, Nigeriya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz