Maximiliano Gómez
Maximiliano Gómez González , oddiygina
Maxi Gomes (talaffuzi: Maximiliano Gomes Gonsales) — urugvaylik futbolchi, „Valensiya“ klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi hisolanadi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Maximiliano Gómez „Defensor Sporting“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 4-oktyabr kuni poytaxt „Nacional“ga qarshi o‘yinda u ikkinchi bo‘limda Fakundo Kastro o‘rnini bosgan holda Urugvay Primerasida debyut qilgan. 17-oktabr kuni „Montevideo Wanderers“ jamoasiga qarshi duelda Maximiliano Gómez „Defensor“ uchun birinchi golini urgan. Dastlabki yetti uchrashuvda Gomes beshta gol urgan.
2017-yilning yozida Maximiliano Gómez Ispaniyaning „Celta Vigo“ klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilgan. „Real Sociedad“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Maximiliano Gómez „dubl“ga erishgann va „Celta“ safidagi ilk gollarini kiritgan.
2019-yilning 14-iyulida Maximiliano Gómez „Valencia“ bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Hujumchining tovon puli 140 million yevro edi . 2017-yilning may oyida Gomes La Liga jamoasi „Celta Vigo“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi va o'z faoliyatida ilk bor xorijga ko'chib o'tdi. U klubdagi debyutini 19-avgustda o'tkazdi, „Real Sociedad“ga qarshi o'z uyida 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan o'yinda dubl qayd etdi. Debyut mavsumini 36 o'yinda 17 gol bilan yakunladi.
Xalqaro karyerasi
2017-yilning 10-noyabr kuni u asosiy Urugvay terma jamoasi safida Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Oʻyin 0:0 hisobida tugadi, Maximiliano Gómez 74-daqiqada gruziyalik De Arrascaeta oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.
2018-yilda Maximiliano Gómez Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Rossiya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
Maximiliano Gómez 2021-yilgi Amerika kubogi tarkibiga kiritilgan.
Statistikasi
Xalqaro statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org