Maximilian Véronneau
Maximilian Cross Véronneau (talaffuzi: Maksimilian Kross Veronneau) — kanadalik professional xokkey hujumchisi. Maximilian Véronneau hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „San Jose Barracuda“ xokkey klubi bilan oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati
Maximilian Véronneau dastlab, Ontario shtatining Ottava shahridagi „Gloucester Rangers“ xokkey klubi bilan „A“ darajadagi xokkey oʻynagan edi. Shundan soʻng, Maximilian Véronneau 2015-yilda Princeton universitetiga oʻqishga kirdi. 2017—2018-yilgi mavsumda Maximilian Véronneau universitet xokkey jamoasi bilan NCAA 1-divizionida 36 oʻyinda maydonga tushib, 55 ochko toʻpladi. 2017-yilda Maximilian Véronneau „Vegas Golden Kniughts“ xokkey klubining oʻquv-mashgʻulot lagerida qatnashdi. „Princeton Tigers“ jamoasi bilan toʻrt mavsumdan soʻng, Maximilian Véronneau klub safiga NCAAning eng yaxshi erkin agentlaridan biri sifatida qabul qilindi. Maximilian Véronneau 2019-yil mart oyida 'Ottawa Senators" xokkey klubi bilan erkin agent sifatida ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Maximilian Véronneau NHLdagi debyutini 2019-yil 14-mart kuni „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi.
Maximilian Véronneau 2020-yil 19-fevralda Aaron Luchuk bilan birga klub tomonidan „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga almashtirildi. Maximilian Véronneau COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum toʻxtatilishidan oldin „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining AHL filiali „Toronto Marlies“ klubi bilan atigi 3 ta oʻyinda maydonga tushdi.
2021-yil 21-aprelda Maximilian Véronneau ikki yillik shartnomaga rozi bo‘lib, SHL vakili „Leksands IF“ xokkey klubiga o‘tdi. Keyingi 2021—2022-yilgi mavsumda Maximilian Véronneau oʻzini SHLning eng yaxshi hujumkor oʻyinchilaridan biri sifatida koʻrsatdi va 2021-yil 20-noyabrda „Leksands IF“ xokkey klubi bilan yana bir yilga, 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Maximilian Véronneau oʻsha mavsumda SHLning eng qimmat xokkeychisi deb topildi.
2022-yilning 14-aprelida Maximilian Véronneau „San Jose Sharks“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org