Maxime Lestienne
Maxime Lestienne (talaffuzi: Maksim Lestyen; 1992-yil 17-iyunda Belgiyaning Muskron shahrida tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Lion City Sailors“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Lestienne „Mouscron“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 4 yoshida futbol oʻynay boshlagan. „Mouscron“ futbol klubi tarkibida mashgʻulotlarning barcha bosqichlaridan oʻtib, yoshlar jamoasiga kirgan, koʻpincha asosiy jamoa bilan shugʻullangan. 2008-yil 20-dekabrda u „Brugge“ futbol klubiga qarshi Jupile ligasida debyut qilgan.
2018-yilning 31-yanvarida Lestienneni Ispaniyaning „Malaga“ jamoasiga o‘tishi eʼlon qilingan. Ammo, shunga qaramay 2018-yilning 25-iyulida Lestienne Belgiyaga qaytib, „Standard“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2007-yildan buyon turli yosh toifasidagi terma jamoalar oʻyinlarida ishtirok etib kelmoqda.
2011-yilda Lestienne Belgiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ruminiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Turkiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Yarim himoyachi asosiy jamoaning kengaytirilgan roʻyxatidan joy olgan, ammo hozircha u mamlakatning asosiy jamoasi tarkibida debyut oʻtkaza olmagan.
Baxtsiz hodisalar va muammolari
2013-yilning kuzida Lestienne oʻyin oldidan jinsiy aloqada boʻlgani uchun Belgiya yoshlar terma jamoasidan 6 oyga chetlatilgan.
2015-yil oxirida Lestienne va uning „PSV“ futbol klubidagi sherigi Jeroen Zoet tungi klub oldida mushtlashgan. Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan politsiyachilar futbolchini qo‘lga olishga uringan, biroq Lestienne ularga qarshilik ko‘rsatgani bois, uni mahkamaga olib ketishgan.
2017-yilning bahorida futbolchining maydon tashqarisidagi xatti-harakatlari uchun „Rubin“ futbol klubi faxriylari tarbiyaviy chora sifatida Lestienne va uning jamoadoshi Alexandre Songni klub dubliga o‘tkazish masalasini ko‘targan edi. Mashgʻulotlarning birida u spirtli ichimlik isteʼmol qilgani aniqlangan va natijada futbolchilarga oxirgi ogohlantirish berilgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org