Maxwell Domi
Maxwell Johannes Domi (talaffuzi: Maksvell Yoxannes Domi) (1995-yil 2-martda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Maxwell Domi „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi tarkibiga 2013-yilgi NHL kirish loyihasining birinchi bosqichida umumiy 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Oʻyin faoliyati
Havaskor
Maxwell Domi „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi safiga 2011-yili Ontario xokkey ligasi (OHL) loyihasida sakkizinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi. Keyinchalik, Maxwell Domi „London Knights“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2011-yil 23-sentyabrda Maxwell Domi „Saginaw Spirit“ klubiga qarshi OHLdagi ilk oʻyinida xet-trik qayd etdi. Shundan soʻng, Maxwell Domi 2013-yilgi NHL kirish loyihasida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Professional
Arizona Coyotes Maxwell Domi „Phoenix Coyotes“ klubiga qabul qilinganidan soʻng, 2013-yil 14-iyulda „Phoenix Coyotes“ klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, u klubning AHL filiali „Arizona Cyotes“ xokkey jamoasiga yuborildi.
Monreal Canadiens 2018-yil 15-iyun kuni Maxwell Domi Alex Galchenyuk evaziga „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi. Ertasi kuni Maxwell Domi „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan ikki yillik 6,3 million dollarlik shartnoma imzoladi. 19-sentyabr kuni „Florida Panthers“ klubiga qarshi mavsumoldi o‘yinida Maxwell Domi shaybasi bilan „Florida Panthers“ klubi himoyachisi Aaron Ekbladga zarba berdi. Natijada Domi mavsumning qolgan qismiga diskvalifikatsiya qilindi.
2018-yil 17-oktyabr kuni Maxwell Domi „Montreal Canadiens“ klubi uchun birinchi golini „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida gʻalaba) kiritdi. Maxwell Domi 2018-2019-yilgi mavsumni 72 ochko bilan yakunladi.
Kolumbus Blue Jackets 2020-yil 6-oktyabrda Maxwell Domi hujumchi Josh Anderson evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi. 7-oktyabr kuni Domi klub bilan ikki yillik 10,6 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Carolina Hurricanes Maxwell Domi 2022-yil 21-martda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Maxwell Domi klub safida oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chicago Blackhawks 2022-yil 13-iyulda Maxwell Domi erkin agent sifatida „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik 3 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org