Max Theiler




Max Theiler (1899.30.1 - 1972.11.8) — Janubiy Afrika vrachi va mikrobiologi. 1922-yildan AQSH da. Tibbiyotni Keyptaun universitetida oʻqib (1917—18), 1922-yilda Londonda tugatgan. 1957-yildan Rokfeller fondi (NyuYork) qoshidagi sogʻliqni saqlash va xalqaro tibbiyot boʻlimi laboratoriya rahbari, ayni vaqtda (1964-yildan) Yelsk universiteti tibbiyot maktabida professor Ilmiy faoliyati infeksion kasalliklarni oʻrganishga doir. Sariq isitma qoʻzgʻatuvchisini aniqlagan va shu kasallikka karshi odamlarni emlash uchun 2 ta vaksina kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1951).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz