Max Perutz




PERUTS (Perutz) Maks Ferdinand (1914.19.5 Vena — 2002.6.2) — ingliz biokimyogari (asli avstriyalik). 1936-yildan Kembrij universitetida ishlagan. London qirollik jamiyati (1954), Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1963), Avstriya Fanlar akademiyasi (1963) akademik, Kembrij universitetining molekulyar biologiya laboratoriyasi mudiri (1962-yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiya bilan bogliq. Izomorf almashtirish (ogʻir metallar atomlarini oqsil molekulasiga kiritish) metodini ishlab chiqqan (1953). Rentgen-strukturaviy taxlil qilish, izomorf almashtirish usullari hamda kompyuter texnologiyasi yordamida gemoglobin molekulasi strukturasini aniklagan va uning modelini yaratgan (1960). Nobel mukofoti laureati (1962, J. K. Kendryu bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz