Mavzurxoʻja Umarxoʻjayev
Mavzurxoʻja Umarxoʻjayev — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. Bugungi kunda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi.
Faoliyati
Mavzurxoʻja Umarxoʻjayev asosan Oʻzbekiston SSR futbol klublarida oʻynagan. U 1980-yillarda Toʻrtkoʻlning „Oq-oltin“ jamoasi safidagi oʻyinlar bilan katta shuhrat qozongan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 2005-yilda Toshkentning „Quruvchi“ (hozirgi „Bunyodkor“) klubini boshqargan. Keyinchalik esa ushbu klub murabbiylar shtabiga aʼzo boʻlgan. Umarxoʻjayev amputantlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan, terma jamoa bilan jahon chempioni boʻlgan.
Manbalar
Havolar
uz.wikipedia.org