Mavzoley




Mavzoley (yun. Mausoleion) — qabr yoki mozor ustiga qurilgan mahobatli inshoot; M. nomi Kariya podshosi Mavsol (miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalari) sagʻanasi nomidan kelib chiqqan. M. qad. Rimda, oʻrta asrda Sharqda (qarang Maqbara) keng tarqalgan. Keyinchalik meʼmorlikda M. va minbar meʼmorligining uygʻunlashuvi M. uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Mas, Moskvadagi Lenin, Sofiyadagi G.Dimitrov, Ulan-Batordagi Suxe-Bator va Choybalsan, Xanoydagi Xo Shi Min va boshqalarning M.lari ayni paytda ham daxma, ham minbar boʻlib xizmat qiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz