MAVSUM — 1) fasl, yil fasli. Mavsum iqlimiy, astronomik, fenologik belgilariga qarab ajratiladi. Iqlimiy yoki sinoptik Mavsum astronomik fasllarga to’g’ri kelmaydi. O’rta mintaqada, jumladan, O’zbekistonda 4 Mavsum — bahor, yoz, kuz, qish ajratiladi; 2) biror ish bajariladigan yoki tabiat hodisalari bo’lib o’tadigan davr. Masalan, chigit ekish, baliq ovlash, paxta terish (o’rim-yig’im), musson shamollari, yog’ingarchilik Mavsumlari va hokazolar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish