Mavrak




Mavrak (Salvia) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumi. 500 turi bor. Oʻzbekistonda 16 turi uchraydi. Shundan yarim buta boʻlgan dorivor M. ekib oʻstiriladi; boʻyi 50 sm. Barglari choʻziq yoki keng nashtarsimon, uzun bandli (poyaning yuqori qismidagisi bandsiz), qarama-qarshi joylashgan. Gullari koʻk, binafsha, poya shoxlarining uchida soxta toʻpgul hosil qiladi. Bargida va gulida 2,5% gacha efir moyi, shuningdek, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Oʻzbekistonning togʻ yon bagʻirlarida, adir va bogʻlarda oʻsadigan muskat M.ning boʻyi 1 m. Barglari yirik, tuxumsimon, uzun bandli, tarkibida 1,03% gacha efir moylari, S vitamini, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar, urugʻida 31 % gacha moy bor. Bargi xalq tabobatida quvvatlantiruvchi, ovqat hazm qildiruvchi dori sifatida hamda yurak va buyrak kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz