Mavludaxon Xoʻjaeva




Mavludaxon Islomovna Xoʻjaeva (tugʻ. 1962-yil 4-oktyabr, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek pediatri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III va IV chaqiriqlari deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi



Mavludaxon Xoʻjaeva 1962-yil 4-oktyabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1985-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) pediatr mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1985-1989-yillarda Qoʻqon shahar bolalar kasalxonasida pediatr, soʻngra Qoʻqon shahar chaqaloqlar uyida, keyinchalik bosh vrach boʻlib ishlagan.

Mavludaxon Xoʻjaeva 2000-yildan 2004-yilgacha Qoʻqon shahar hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha oʻrinbosari, 2004-2014-yillarda esa Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, shuningdek, mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yilda ushbu qoʻmita raisi etib saylandi.

2018-yildan beri ixtiyoriy asosda Liberal-demokratik partiyaning Ayollar boʻyicha siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida ishlaydi.

2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan.

Mukofotlar



2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz