Mavluda Zohidova
Mavluda Abdukarimovna Zohidova (1955-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Biografiyasi
Mavluda Zohidova 1955-yilda tugʻilgan. 1978-yilda Toshkent davlat universitetini fizik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 90 dan ortiq maqolalar va 8 ta oʻquv qoʻllanma muallifidir. Hozirgi kunda fizika fakultetida „Umumiy fizika“ kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlaydi. Oʻzining mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Yadro fizika“ institutida kichik ilmiy xodim lavazimida boshlagan. 1979—1986-yillar davomida Rossiya Fanlar Akademiyasining nufuzli ilmiy dargohlaridan biri „Umumiy fizika“ institutida (Moskva, IOFAN) Nobel mukofoti laureati, akademik Aleksandr Proxorov rahbarligidagi laboratoriyada ilmiy izlanishlar olib bordi. „Shisha sirtida jaylashgan brom molekulalariga lazer nurining rezonans taʼsiri“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. „Quyosh energiyasi orqali fotosintetik jarayonlarni boshqaruvchi fluoressent metodlar“, „Mexanika va molekulyar fizikadan laboratoriya ishlari“, „Geliy-neon lazeri yordamida yorugʻlikning toʻlqin nazariyasini oʻrganish“, „Elektr“, milliy gvardiya kursantlari uchun yozilgan „Optika“, „Umumiy fizikadan praktikum“, „Fizikadan masala yechish uslublari“ oʻquv qoʻllanmalari muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org