Mavlonova Hanifa Muhiddinovna




Hanifa Muhiddinovna Mavlonova (30-yanvar 1924, Xoʻjand – 24-oktabr 2010, Moskva) — xonanda (lirik-dramatik soprano). Xalq artisti (1968). Xoʻjand musiqa bilim yurtini (1936), Moskva konservatoriyasini (1959) tugatgan. Xoʻjand Yosh tomoshabinlar teatri (1937—39), Xoʻjand musiqali drama teatri (1939—43), 1943-yildan S. Ayniy nomidagi opera va balet teatrining yetakchi aktrisasi. Mohin ("Tohir va Zuhra"), Gulroʻ ("Poʻlat va Gulroʻ"), Maysara ("Maysaraning ishi"), Nisso ("Baxtiyor va Nisso"), Mariya ("Mazepa"), Yaroslavna ("Knyaz Igor"), Margarita ("Faust"), Dezdemona ("Otello") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. M.ning ovozi diapazoni keng, yorqin va jarangdorligi bilan ajralib turadi. M. tojik va oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari hamda zamonaviy qoʻshiqlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz