Mavlono Zuloliy
Mavlono Zuloliy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning otasi darvesh kishi ekanligi, kalava sotish bilan shugʻullanishi, sheʼriyati tiniq buloqni eslatgani uchun unga “Zuloliy” taxallusi bilan ijod qilish tavsiya etilganligini yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Layli uzore merasad doman kashon
dar xuni man,
Digar nadonam, chun shavad
holi dili majnuni man.
(Mazmuni: Bir layli yuzli qonim ustiga etak tortib yetib keladi. Bu vaqtda majnun dilimning holi qanday kechishini bila olmayman).
Manbalar
uz.wikipedia.org