Mavlono Zoyiriy




Mavlono Zoyiriy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning tolibi ilm ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Maro sarvest dar dil karda jo,

   dar chashmi ravshan ham,

Chu gul pokiza roʻ hamchun

   sabo pokiza doman ham.

(Mazmuni: Mening sarvim dilimdan ham, koʻzimdan ham joy olgan; u gul kabi pokiza, sabo kabi yoqimlidir).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz