Mavlono Zeboiy




Mavlono Zeboiy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uni koʻrmaganligi, lekin sheʼrini eshitganligi haqida maʼlumot beradi Shoiralar haqida maʼlumot beruvchi baʼzi tazkiralarda esa Zeboiyning ayol shoira ekanligi va Jomiy uni madh etganligi bayon qilinadi. “Majolis un-nafois”da Mavlono Zeboning quyidagi

bayti keltirilgan:

Qomatat shevai raftor chu bunyod kunad,

Sarvro bandai xud sozadu ozod kunad.

(Mazmuni: Sening qomating gar qad rostlasa, sarvni oʻziga ham bandi qiladi, ham ozod qilib yuboradi).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz