Mavlono Zayniy




Mavlono Zayniy (XV asr) – Fors-tojik tilida ijod qilgan sabzavorlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning xushtabʼ kishi ekanligini, garchi ilmsiz boʻlsa-da, sheʼri jozibadan xoli emasligini, tabʼi koʻproq gʻazal janriga moyilgini aytadi. Mavlono Zayniy Mir Shohiy bilan koʻp hamsuhbat boʻlgan. “Majolis un-nafois”­da uning quyidagi bayti keltiril­gan:

Sanavbar to zi xizmatgoriyi sarvat judo monda,

Shuda devonavu joʻlida moʻ sar dar havo monda.

(Mazmuni: Sanavbar (daraxti) sening (qadding) xizmatkorligidan ajralganidan buyon sochi toʻzigan devonaga oʻxshab qoldi).

Mavlono Zayniy Astarobodda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz