Mavlono Yusuf Shoh




Mavlono Yusuf Shoh (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning “Kotib” taxallusi bilan sheʼrlar bitgani, xattotlik sanʼatida shuhrat qozongani, “faqir va yaxshi kishi” ekanligi haqida maʼlumot beradi. Hirot shahrida vafot etgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ey judo gashtaki duri zi bari hamnafason,

Mo dar in shahr badin roʻzu tu dar shahri kason

(Mazmuni: Ey ayriliqda qolgan, sen oʻz doʻstlaringdan uzoqdasan, biz bu shaharda shunday holdamiz, sen esa boshqalarning shahrida (yurasan)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz