Mavlono Xusraviy




Mavlono Xusraviy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi.

Alisher Navoiy uni kalondimogʻ, oʻziga yuqori baho beradigan kishi, agar biror sheʼrini koʻrsatish uchun olib keladigan boʻlsa, shunday yoʻl tutardiki, tanqidiy fikr aytishga imkon qoldirmas edi, barcha yozgan sheʼrlariga atrofdagilarning faqat tahsin aytishlarini istardi, deb yozadi. Mavlono Xusraviy devon ham tartib bergan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Zi laʼli yor dandone giriftam,

Hayote yoftam, jone giriftam.

(Mazmuni: Yorning laʼli (labi)dan bir boʻsa oldim. (Bundan) hayot topdim, jon oldim)[2].

Mavlono Xusraviy Hirotda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz