Mavlono Xurramiy




Mavlono Xurramiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning feʼli yomonligi, sovuq va yoqimsiz qiliqlari tufayli Xurosonda yashay olmasdan, Iroqqa, keyinroq Makka va Madinaga borib, anbiyo va shayxlarning qabr­larini ziyorat qilgani, ammo safardan avvalgidan-da badfeʼl va badjahl boʻlib qaytganligi, shunday tabiati bilan yana sheʼr ham yozishi, tabʼ ahlini pisand qilmasligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ovozai ruxi gul to boz bar nayoyad,

Dar boʻston zi bulbul ovoz bar nayoyad.

(Mazmuni: Gulning yuzi haqida yana bir ovoza tarqalmaguncha, boʻstonda bulbuldan ham sado chiqmaydi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz