Mavlono Xovariy




Mavlono Xovariy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan samarqandlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yamoqchilik bilan shugʻullangani, shoʻxtabiatligi va “badiha (hozirjavoblik)ni ravon” aytishi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da u yaratgan tarjiʼbanddan maqtaʼ bayt va quyidagi matlaʼ keltirilgan:

Man ki umre ba havas payravii dil kardam,

Umr bigzasht-u nadonamki, chi hosil kardam.

(Mazmuni: Men umr boʻyi havas b-n yurak amriga boʻysundim, umr oʻtdi, bilmayman, nimalarga erishdim)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz