Mavlono Xojagiy Imkanagiy
Mavlono Xojagiy Imkanagiy (arabcha:مولانا خوجاجي إمكاناجي — Mavlono Xojagiy Imkanagiy(vafoti 1600-yil)) — soʻfiy.
Faoliyati
Mavlono Xojagiy Imkanagiy Shahrisabzda yashagan mashhur Naqshbandiy shayxlaridan biri boʻlib, tariqatdagi silsilasi otasi Shayx Mavlono Darvesh Muhammad Shaxrisabziy Imkanagiydan (vafoti 1562-yil) boshlanadi. Mavlono Xojagiy Imkanagiy otasi haqida "Intixob az kitobi „An-nasama“ („Nasama“ kitobidan parcha") nomli asarida yozgan.
Mavlono Xojagiy Imkanagiy diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni ham yaxshi bilgan. Rivoyatlarga koʻra, u koriz usulida suv chiqarib, balandlik yerlarni sugʻorishni yoʻlga qoʻygan. Ana shu fazilatlari tufayli „Xoʻjai ilm koni“ degan nom olgan.
Sharafuddin Roqimiy oʻzining „Tarixi tomm“ nomli asarida bu zot haqida shunday yozadi: „Hazrati qutbu-l-aqtob mavlono Mavlono Xojagiy Imkanagiy (q.s.) Hazrati Mavlono Darvesh (q.s.)ning toʻngʻich oʻgʻillari va farzandi arjumandlaridir. Ul zot oʻz sohibi hollari Hazrati Mavlono Muhammad Zohid xalifa, irodat qoʻllarini qutbu-l-aqtob, zubdatu-l-avliyo, xulosatu-l-atqiyo, qudvatu-l-abror, usvatu-l-axyor Hazrati Xoja Ahpop (q.s.), pok etaklariga urgan va asʼhobi kirom, xulafoi humomlariga aylangan, kamol martabasiga erishgan edilar. Hazrati Mavlono Xojagiy (q.s.)ning muridlari koʻpdir, har biri komil boʻlib, mamlakat viloyatining valiysi edilar… Sanai 1010/1600-yilda Hazrati Mavlononing purfutuh ruhi muboraklari tan savmiʼasidan oliy olam xonaqohiga olib ketildi. Munavvar qabrlari Shahrisabz viloyatining Imkona qoryasidadir“.
Mazkur asarda qayd etilishicha, Mirzo Moʻmin Munshiy Mavlono Xojagiy Imkanagiy vafotiga shunday tarix bitgan:
Mazmuni:
Manbalar
uz.wikipedia.org