Mavlono Xizriy II




Mavlono Xizriy II (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning juda yosh ekani, endi tanila boshlagani haqida maʼlumot berib, yaxshi sheʼrlar bitishiga umid bildiradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Zi hajrat dil damodam nolavu ohu figʻon dorad,

Gʻamat gar qasdi dil mekard, aknun qasdi jon dorad.

(Mazmuni: Hajringda dil dam-badam nolayu oh chekadi. Gʻaming dilga qasdmand edi, endi jonga qasd qiladi)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz