Mavlono Xizriy
Mavlono Xizriy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Mavlono Xizriy bir vaqtlar bandi qilingan boʻlib, uning ozod qilinishi haqida Alisher Navoiy uni xojasi ozod qildimi yoki ozodlik istab, Xojasini oʻzidan xalos qildimi, degan maʼnoda kinoya bilan yozadi.
“Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Umri man beruxat, ey zuhrajabin, meguzarad,
Hayf az avqoti sharifamki, chunin meguzarad.
(Mazmuni: Ey, Zuhra manglayli, seni koʻra olmay umrim oʻtmoqda, essiz, aziz vaqtlarim shunday oʻtib bormoqda)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org