Mavlono Xayriy
Mavlono Xayriy (15 asr) – xorazmlik forsigoʻy shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning devonatabiat va hardamxayol kishi ekanligini aytib, shoirlik quvvatiga ega ekanligini, qasida va gʻazallari yomon emasligini taʼkidlaydi. Atrofdagilar Mavlono Xayriydan yozgan baytlarining maʼnosini soʻrasalar bilmas, bilsa ham ayta olmas, lekin bu hol unga taʼsir ham qilmas ekan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Ba roʻzi tashnagi obi ravon nabvad havas moro,
Dami tigʻi turo gar bar guloʻ yobem bas moro.
(Mazmuni: Tashnalik kunida oqar suvni havas qilmaymiz; tigʻing damini tomogʻimizda koʻrsak, shuning oʻzi bizga kifoyadir)[1][2].
Manbalar
uz.wikipedia.org