Mavlono Xalaf




Mavlono Xalaf (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan tabrizlik shoir va shayxzoda. Alisher Navoiy uning xush xulqliligi, elga maqbul yigit ekani, tahsil uchun Hirotga kelganligi haqida maʼlumot beradi. Mavlono Xalaf shahzoda Badiuzzamonga mulozim va musohiblik qilgan, yaxshi sheʼriy tabʼga ega boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning “Iydiy” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz