Mavlono Volahiy II




Mavlono Volahiy II (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning oliy dargoh (podshoh saroyi)da mulozim ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

On chashmai hayotki, yoband jon az oʻ,

Juz obi hasratam nabud dar dahon az oʻ.

(Mazmuni: U shunday hayot chashmasiki, odamlar (undan) jon oladilar. Ammo undan mening ogʻzimda hasrat suvidan oʻzga narsa (tomgani) yoʻq).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz