Mavlono Vasliy
Mavlono Vasliy (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Mavlono Xoja Kalon qozining oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Navoiy uning salohiyatli, yaxshi hamsuhbat va xushtabʼ yigit ekanligi, shatranj (shaxmat)ni yaxshi oʻynashi haqida maʼlumot berib, quyidagi baytini keltiradi:
Maro dar dida nur az gardi
rohi on sipoh omad,
Bihamdillahki, nuri chashmi
man az gardi roh omad.
(Mazmuni: Mening koʻzimga nur ul sipohning yoʻli gardidan keldi, xudoga shukurki, koʻzimning nuri yoʻl toʻzonidan keldi).
Manbalar
uz.wikipedia.org