Mavlono Tohiriy




Mavlono Tohiriy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning kichikligida, kavushdoʻzlik bilan shugʻullangan paytidayoq sheʼr yoza boshlaganini, yoshi ulgʻaygan sari sheʼriyatga oshnoligi ham ortganligini, tabiatida hazilga moyilk borligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Dil ki sad pargola shud az chashmi joduyi tuam,

Man ba yak dil ne, ba sad dil oshiqi roʻyi tuam.

(Mazmuni: Jodu koʻzing tufayli dil yuz pora boʻldi; men endi bir dil bilan emas, yuz dil bilan sening yuzingga oshiq boʻldim)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz