Mavlono Tarxoniy




Mavlono Tarxoniy (15-asr) – fors-tojik va turkiy tillarda ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Andxunddan ekanligi, sipohiylik bilan shugʻullanganligi haqida maʼlumot berib, Abdurahmon Jomiyning “digar” radifli gʻazaliga javoban yozgan sheʼridan quyidagi baytni keltiradi:

Murgʻi dil par kandamu az sina biryon soxtam,

To kasham peshi sagat har lahza parkande digar.

(Mazmuni: Iting oldi (yalogʻi)ga har damda alohida parcha (ozuqa) tashlab turmoq uchun koʻngil qushining patini yulib, koʻksini qovurdim).

Shuningdek, “Majolis un-nafois”da Mavlono Tarxoniyning baʼzi xizmatchilar Samarqandda bandi qilinganda yozgan turkiy tildagi sheʼridan matlaʼ keltiril­gan:

Tushgali band ichra boʻldum ul pari devonasi,
Koʻk saro fonusdur ul shamʼu men parvonasi[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz