Mavlono Subhiy




Mavlono Subhiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan oʻbalik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy u bilan Mavlono Muhammad Badaxshiy orqali tanishganligini aytib, sheʼrlarida “choshnisi” (maza, taʼm) bor deydi va quyidagi baytini keltiradi:

Mohi man, imshab ba nuri xesh in koshonaro

Soz ravshan, varna otash mezanam in xonaro.

(Mazmuni: Ey oy yuzligim, bu kecha oʻz nuring bilan bu koshonani ravshan qil, aks holda, bu uyga oʻt qoʻyib yuboraman)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz